O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23 iyun kuni Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida Nukus shahri “Massaget” mehmonxonasi uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur davra suhbati jarayonida “Jinoiy taʼqib jarayonida odam savdosi jabrlanuvchilarining samarali himoyasi” mavzusida ishchi uchrashuv qizg‘in va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgandi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech