11 aprel - Xalqaro “fashistik kontslagerlarning mahbuslarini ozod qilish” kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu kunda butun dunyo boʼylab unitilmas sana – Xalqaro fashistik kontslagerlarining mahbuslarini ozod qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.
Barchaga maʼlum boʼlganidek, kontslagerlar – bu siyosiy, ijtimoiy, irqiy, diniy va boshqa sabablarga koʼra juda koʼp mahbuslar saqlanuvchi maxsus qamoqxonalardir.
Ikkinchi jahon urushi davrida kontslagerlar, Germaniyada va u ishgʼol qilgan boshqa hududlarda ham keng tarqalgan. Ikkinchi jahon urushi tarixida yarim asrdan buyon sirligicha qolayotgan “101 oʼzbekning jasorati” alohida ahamiyat kasb etadi....
Frontda vaziyat yomonlashib ogʼirlashgan bir davrda, Gitler biron-bir chora oʼylab topishni buyuradi. Moskva uchun tarixiy jangdan avval, Smolenskni qoʼlga kiritishda qiynalgan nemis askarlarining tushkun kayfiyatini koʼtarish kerak edi.
Bir oy ichida butun mamlakatni bosib olgan fashistlar, mana ikki oydan ortiq muddat davomida ruslarning yerdarida toʼxtab qolishgan edi. Shunda, Germaniya targʼibot vaziri Yozef Gebbelьs, oʼz askarlariga dushmanning saviyasi past, ongsiz va ochkoʼzligini koʼrsatishga qaror qiladi. Gebbelьs sovet askarlari bir boʼlak non uchun bir-birlarini tilka pora qilib tashlashi toʼgʼrisida qisqa videofilmni tasvirga olishni rejalashtirgan edi. Аyniqsa, harbiy asirlar orasidan yervopalik irq koʼrinishiga ega boʼlmaganlari tanlab olindi.
Fashistlarning asosiy maqsadi asirlarni qoʼpol qilib aytganda hayvon darajasigacha qiynash va ularda insoniylik xislatlaridan hech narsa qolmasligini rejalashtirishgan... Och qolgan yirqirtlar orasiga bir boʼlak ovqatni tashlash edi.
Oradan bir oz vaqt oʼtganidan keyin lagerga yuqori mansabdor shaxslar, kinooperator va rejissyorlar otryadi kelib suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi.
Oʼzbeklar atrofi toʼsib oʼralgan “qoʼra”da saqlanmoqda edi, yaqinlashib kelayotgan avtomashina yukxona eshigini ochdi, yangi uzilgan shirmoy nonning takrorlanmas isi atrofni tutib ketdi. Ushbu rejaning ososiy maqsadi, asirda boʼlganlar ularga tashlangan nonni talashib bir-birlari bilan urishib, kinokamera qarshisida oʼzaro talashib urushishlari kerak boʼlgan. Mazkur film harbiy asirlar non boʼlagi uchun qanday tashlanishlari aks etgan Reyxning eng buyuk filmi boʼlishi kerak edi.
Bu film orqali Reyxning askarlariga “Sizlarni qalbingizda rahm shavqat qolmasligi kerak. Chunki ular odam emas” degan gʼoyani singdiruvchi oʼquv filmi namoyish qilinishi kerak boʼlgan.Lekin barchasi bunday boʼlmadi.… qoʼra ichiga tashlangan nonning oldiga, asirga olinganlarning eng yoshi keldi.
Barcha sukunatda edi. Shundan soʼng, nonni yosh bolakay qoʼlga oldi va uch marotaba oʼpib, peshonasiga tekkazdi, bu harakati bilan bolakay non uning uchun azizligini koʼrsatdi. Bolakay nonni asirdagilarning eng yoshi kattasiga olib borib berdi. Аsirga olinganlar hammasi aylanasimon boʼlishib sharqona “chordana” qurib oʼtirib nonni kichik boʼlaklarga boʼlib bir-birlariga uzata boshlashdi, ushbu holat xuddi toʼydagi osh tarqatish marosimiga oʼxshar edi.
Аsirga olinganlarning har biri oʼzining non boʼlagini avvalo hidlab, uning issiqligidan biroz qoʼllarini isitib, koʼzlarini yumgan holicha yeyishni boshlashdi. Ushbu gʼayrioddiy tanavvuldan soʼng «Xudoga shukur» degan soʼz eshitildi.
Nemislar ushbu holatni koʼrib gʼazabdan oʼzlarini qoʼyarga joy topa olishmadi. Gebbelьsning rejasi xalqning oliy-janobligi tufayli amalga oshmadi. Xalqning bunday oliy janob boʼlishi, bir-biriga bunday hurmat-ehtimrom qilishi Gebbelьsning hatto tushiga ham kirmagan edi, uning qarshisida turgan asirdagilar Vatanini va nonni bunday qadrlashlari tahsinga sazovor edi.
Har bahorda Utrext yonida joylashgan Аmersfort shahri yaqinidagi oʼrmonda yuzlab gollandiyalik – erkak va ayollar, yosh-u qarilar toʼplanishadi.Bu yerda ular fashistlar tomonidan shu joyda otilgan va yarim asrdan koʼproq vaqt davomida unitilgan “101” sovet askarlari xotirasiga sham qoʼyadilar.
Bugungi avlod unutmasligi kerakki, bu “101” askar va yuz minglab oʼzbekistonliklar bizning tinch hayotimiz, kelajagimiz uchun oʼz hayotlarini qurbon qilganlar.2020 yilda “Oʼzbekkino” Oʼzbekistonning har bir oilasidan yaqin qarindoshini olib ketgan, eng shavqatsiz urushga taʼsir koʼrsatgan ajoyib ajdodlarimiz va ularning jasorati toʼgʼrisida kinofilьmni suratga olmoqchi.
“101 nafar oʼzbek askarlari toʼgʼrisida”gi kinofilьmning loyihasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Maqoladagi maʼlumotlar erkin manbaalardan olingan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti