Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan!
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti jamoasi nomidan matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillarini “27 iyun- Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz.
Tergov departamenti ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga asoslanib, yurtimizda sodir etilayotgan jinoyatlarni xolisona tezkorlik bilan xalqimizga yetkazib berishda ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan o‘zaro maqsadli professional hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda samarali faoliyat ko‘rsatayotganligidan mamnunmiz.
Sizlarga ijodiy salohiyat va zamonaviy jurnalistik mahorat, yangi g‘oyalar faoliyatingiz kaliti bo‘lib qolishini, to‘liq va haqqoniy axborotni tezkorlik bilan yetkazish orqali yana-da ko‘proq xalq ishonchini qozonishingizni tilaymiz.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti