Bugun Xalqaro bojxona organlari xodimlari kuni
Har yili 26-yanvar kuni dunyoda Xalqaro bojxona kuni (International Customs Day) yaʼni sayyoramizda bojxona organlari xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi.
Xalqaro bojxona kuni nafaqat butun dunyo bo‘ylab bojxona xizmatlarining birdamligini namoyish qilish, yil yakunlarini sarhisob qilish va yangi yil uchun istiqbolli rejalar tuzish uchun nishonlanadi, balki, jamiyatning ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishidagi bojxona organlarining o‘rnini omma eʼtiboriga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda 800 mingdan ortiq inson o‘zining kasb bayramini nishonlamoqda – bu butun dunyo bojxona xodimlarining umumiy soni hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati tizimlarida faoliyat yuritayotgan barcha bojxona xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Xizmat faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz. Yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishdan charchamang!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti