O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xizmat itlari.

"Xizmat iti" atamasi ishlatilganida, ehtimol ko‘pchilikning tasavvurida darhol mashhur “Komissar Reks” detektiv serialidagi afsonaviy nemis ovcharkasi “Reks” gavdalansa ajab emas. Ha albatta, xizmat itlarining roli nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatida katta ahamiyatga ega.

Xizmat itlari - bu insonlar his qila olmaydigan va tasavvur qila olmaydigan hayotda yuz berayotgan o‘ziga xos hodisalarni sezuvchi va ularni qamrab oluvchi o‘zga bir olamdir.
Biz hammamiz itlarni bojxona postlarida, ommaviy tantanalarda yoki temir yo‘l stansiyalarida tekshirish paytida uchratishga odatlanganmiz. Ammo odamlar, bu hayvonlarning hayoti va faoliyati qanday tartibga solinishini tasavvur qilishi qiyin.

Xizmat itlari qanday bo‘ladi.

Mahsus itlar. Birdan oltigacha bo‘lgan bir nechta hidlarni bir-biridan ajratish uchun oldindan maxsus tayyorlanadi. Ularni “hidlovchi itlar” ham deyishadi. Aynan ular mashinalarni, temir yo‘l stansiyadagi olomonni va stadiondagi tomoshabinlarni hidlab tekshirishadi.

Qidiruv itlari odam, hujjat va narsalarni qidirishga mo‘ljallangan itlardir. Boshqa maxsus itlardan farqli o‘laroq, bu itlar hidning na'munasiga qarab ishlaydi. Agar hodisa joyida bo‘lgan papka ichidan yo‘qolgan hujjatlarni izlashayotgan bo‘lsa, ushbu it ularni hididan qidirib topadi. U yugurib qochib ketayotgan jinoyatchini qo‘lga olishi, garovga olinganlarni qidirib topishi yoki ko‘mib qo‘yilgan xazinani aniqlay olishi mumkin.

Qutqaruvchi itlar, ya'ni faqat tirik odamlar yoki vafot etganlarni izlab topishga o‘rgatilgan itlar bo‘lib, shu bilan birga ular orasida universal itlar ham bor, bular baxtsiz hodisa yuz bergan joyida ishlaydigan qutqaruvchi itlar bo‘lib, ular tirik odamlarni qidirib topishi, vayronalar orasidan izlash, yordamga chaqirish, chiqish qiyin bo‘lgan joylardan odamlarni qutqarib olishi mumkin.

Detektor-itlari. Bu xizmat itlarning eng g‘alati rasmiy ko‘rinishidir. Bunday itlar taqdim etilgan namunalarda va ma'lum bir hududda o‘sha yoki boshqa hidning mavjudligini yoki aksincha mavjud emasligini aniqlash uchun ishlatiladi. Masalan, o‘g‘irlikda gumonlanayotgan shaxs “issiq izlar” bilan ushlangan bo‘lsa. Tekshiruv iti voqea joyiga bu yerda shu gumonlanuvchining bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash uchun olib boriladi. Odamlar uchun qiyin bo‘lgan bu ish it uchun osondir, chunki murabbiy hayvonlarga bir vaqtda turli xil yo‘nalishda fikrlashni o‘rgatishi kerak.

Patrul itlari. Ularning barchasi qidiruv itlari kabi o‘rgatiladi, ammo ularda begonalarga nisbatan ishonchsizlik, hushyorlik kabi fazilatlarini ham tarbiyalashadi. Patrul itlari post patrul xizmatining nazorat joylarida yoki hududni aylanib yurish jarayonida, tunda qo‘riqchi sifatida ishlashi mumkin.

Soqchilar. Ushbu itlar bir nechta tor ixtisosliklarga ega bo‘lishadi, masalan, ma'lum bir joyda turib qorovullik qiluvchi va biron-bir hududni aylanib yurib qo‘riqlovchi itlar. Soqchi itlar turli xil muassasalarda, masalan, oddiy dala hovlilardan boshlab hattoki jazoni ijro etish muassalari yoki harbiy qismlarda ham ishlaydi.

Konvoy itlari. Bu jinoyat sodir qilgan shaxslarga hamroh bo‘ladigan itlardir. Agar bu shaxslar qochishga harakat qilishsa, darrov ularni ushlashadi.

Giyohvand moddalarni aniqlash uchun quvnoq, o‘ynoqi va stressga chidamli itlar tanlanadi. Bunda itlarning tanasi kichik bo‘lishi tavsiya etiladi: sababi bunda maxfiy joyga chiqish juda qulay bo‘ladi.Portlovchi moddalar, bomba, minalar, granatalarni qidirib topish uchun kam temperamentli, bosiqroq itlarni tanlashadi. Operativ-qidiruv xizmati uchun itning hid bilishi va aql-zakovati eng muhimdir. Superintellektual itlar detektor-itlar sifatida ishlaydi – ushbu itlarni tarbiyalovchilari - “detektor-itlari faqat yozishni bilmaydi, xolos”, - deb hazil qilishadi. Bunga ham sabab bor deyishadi, - “chunki ularga yozishni o‘rgatish uchun vaqt yo‘q”. Konvoy va soqchi itlarga ko‘proq ahmoqroq itlar tanlanadi - asosiysi, ular begonalarga ishonmaslik, eshitish va ko‘rish qobiliyati rivojlangan, qo‘qrmas va jismonan baquvvat bo‘lsa bas. Bu itlar bizning kichik birodarlarimiz, ularning xizmatdagi hayoti boshqa itlar kabi shirin emas.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech