Surxondaryoda tergovchilar maʼnaviyat maskaniga tashrif buyurishdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 29 aprel kunidagi tegishli farmoyishlari ijrosi doirasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari Termiz davlat universitetidagi axborot-resurs markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida, tergovchilar axborot-resurs markazida bo‘lgan ilmiy va badiiy kitoblar bilan tanishish bilan birga maʼnaviy dunyo qarishini oshirishdi.
“Maʼnaviyat oyligi” davomida tashkil etilayotgan ushbu tadbirlar tergovchilarning bilim salohiyatini yana-da boyitishiga xizmat qiladi.