Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin
Hurmatli Tursunboy aka!
Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti shaxsiy tarkibi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan tabriklab, samimiy hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Sizni ko‘p yillar sohada samarali mehnat qilgan, boy xizmat va hayot tajribasiga ega, ichki ishlar organlari xodimlarining salohiyatini oshirishga, jamoatchilik oldidagi obro‘ va hurmatini yana-da yuksaltirishga munosib ulush qo‘shib kelgan fidoyi insonlardan biri sifatida bilamiz va qadrlaymiz.
Siz ko‘p yillar davomida ichki ishlar organlarida turli rahbarlik lavozimlarida samarali xizmat qilib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash borasida amalga oshirilgan ishlarga munosib hissa qo‘shgansiz. Ayniqsa, tashabbuskor va fidoyi rahbar sifatida ko‘p yillik boy va amaliy tajribangiz bilan ko‘plab shogirdlar yetishtirganligingiz alohida eʼtirofga loyiqdir.
Bugungi kunda nafaqada bo‘lishingizga qaramasdan Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi raisi sifatida isteʼfodagi faxriylarimizni tibbiy, madaniy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda yosh xodimlarni Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifalarni bajarishda g‘amxo‘r ustoz va tajribali murabbiy sifatida kamarbasta bo‘lmoqdasiz.
Qadrli Tursunboy aka!
Ushbu qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor muborakbod etib, Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilangizga tinchlik-hotirjamlik, xonadoningizga fayzu baraka, farzandlar va shogirdlaringizning baxtu kamolini ko‘rib yurishingizni Yaratgandan tilab qolamiz.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti