O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergovchining kundaligidan

Tergov kabinetida oʼtirgan tergovchining boshi qotgan, aqli lol, nima qilishini bilmaydi. Chunki “tadbir” nihoyatda koʼngildagidek oʼtib, pora beruvchi va pora oluvchi naqd jinoyat ustida qoʼlga olingan boʼlishiga qaramay, pora bergan shaxs aybidan tonib oʼtiribdi. “Bu pullar meniki emas, kimniki ekanligini ham bilmayman. Men boshliqning xizmat xonasiga oʼz ishim bilan kelganimda toʼsatdan qamoqqa olishdi, bu menga uyushtirilgan fitna” deganicha turib olgan. Аksiga olib ashyoviy dalil sifatida olingan pullarda ham barmoq izlarini aniqlash imkoni boʼlmadi. Shu topda tergovchining koʼzlari pora beruvchining uyida tintuv oʼtkazilgan boʼlishiga qaramay yana oʼtkazishga ruxsat oldi va pora beruvchining uyi guvohlar va xolislar ishtirokida diqqat bilan koʼzdan kechirildi. Tergovchining diqqatini yozuv stolida tartibsiz holatda boʼlgan koʼpgina kitob, qogʼoz va boshqa narsalar ichidagi gazeta hamda undagi bir maqola tortdi. Tergovchi maqolani oʼqib chiqib, yana diqqat bilan takror oʼqib boʼlgach, tergovchi oʼz hayajonini zoʼrgʼa yashirdi. Nimaga deysizmi? Chunki xuddi shu maqola butun tergov ishida tubdan burilish yasalishiga, aybdorning esa oʼz aybiga toʼliq iqror boʼlishidan oʼzga chora qoldirmagan edi-da.

Savol: Gazetadagi bu maqola qanday maqola boʼldiki, u shunday nozik va qaltis bir jinoyatni ochib bergan boʼlsa?

Javobni koʼrish:

Text to speech