Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ustozu-murabbiylar hamisha ardog‘imizda

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. O‘qituvchilar esa hayotimiz charog‘bonlaridir. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar taʼlim va tarbiya berishgan.

Har bir millat uchun boy tarix, uning shon-shavkati, betakror maʼnaviy merosi, umuman olganda qahramonlarning dunyoga kelishi ustozlarning mehnati samarasi sanaladi.

Aytishadiki, yaxshi ustoz ko‘rgan shogird nafaqat yaxshi inson, balki jamiyatga foydasi tegadigan malakali kadr bo‘lib yetishishi aniq.

Bugun, IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati uzoq muddat ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilib, hozirda nafaqa gashtini so‘rayotgan ustozlarning uylarida mehmon bo‘lishib, ularning xol ahvollaridan xabar olishdi.

Tashrif jarayonida faxriylar ko‘p yillik tajribalari bilan o‘rtoqlashib, hozirda amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan shart sharoitlarni qadrlab, bor kuch-quvvatimizni jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratish zarurligi to‘g‘risida bir qator nasihatlar berib o‘tishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech