JINOYATGA JAZO MUQARRAR
Hayotda kechayotgan voqea-hodisalar uchun qismat emas, har kimning o‘zi sababchidir. Zotan, kimdir ezgulik ortidan ergashib, baxt manziliga yetsa, yana kimdir gumrohligidan, fikri ojizligidan taqdiriga o‘zi qora chiziq tortadi.
Ahmadali ayol kishining ishonchiga kirib, uni tahqir-lab, yigitlik nomiga dog‘ tushirdi. Tovlamachilik ketidan aysh-ishrat qilishni odatga aylantirdi. Yaʼni ish yuzasi-dan Sufiyaxon bilan tanishib, birovning rafiqasi bo‘lsa-da, uni yo‘ldan urishni maqsad qildi. Shu niyatda chiroyli so‘zlar bilan uni o‘ziga butunlay rom etdi. Ayol ham xusho-madlarga aldanib uyini, turmush o‘rtog‘ini unutdi. Doimiy muloqotlar asta-sekin jiddiylashib boraverdi. Xufyona uchrashuvlar ko‘paydi. Astalik bilan ayolni batamom o‘ziga bog‘lab olgan Ahmadali undan qarz deb ikki yuz AQSH dol-lari, bir oydan so‘ng yana shuncha miqdor dollarni qo‘lga kiritdi. Oradan ko‘p o‘tmay Sufiyaxon dugonasining to‘yiga yangi kiyim xarid qilmoqchi bo‘lib, Ahmadalidan qarzla-rini so‘ragan edi, Ahmadali esa pul yo‘qligini aytib, uni masxaralashga tushdi. Bu ham yetmaganday Sufiyaxon ming AQSH dollari topib bermasa, yollanma suratchi orqali ol-dirgan suratlarini ishxonasi va turmush o‘rtog‘iga jo‘nati-shini aytib tahdid qildi.
Noiloj qolgan Sufiyaxon ish joyida, hamkasblari orasida sharmanda bo‘lishidan, asosiysi oilasi buzilishi-dan qo‘rqib, tilla taqinchoqlarini sotdi va ming AQSH dol-larini sumkachasiga joylab, Ahmadali bilan kelishilgan joyda uchrashishga oshiqdi.
– Bo‘larkan-ku, xonim! - dedi Ahmadali kesatib.
– Endi ko‘zimni oldida, suratlarni o‘chirib tashlang, -Sufiyaxon shunday deya Ahmadaliga ijirg‘anib qaradi.
– Ovsaringni topibsan,- dedi Ahmadali hayosizlarcha kulib.
– Iltimos, nima desangiz roziman? Faqat shu sharman-dalikdan meni qutqaring, - deya Sufiyaxon qo‘llarini ilti-joli qovushtirib, o‘tirib oldi.
– Bunaqasi ketmaydi. Yana ming dollar keltirib bera-san. Shundan so‘ng, suratlarni o‘chirib tashlayman va seni qaytib bezovta qilmayman, - dedi u bezbetlarcha baqrayib.
– Buncha pulim yo‘q. Tillavorlarimni sotib berdim, -dedi Sufiyaxon yig‘i aralash yolvorib.
– Bas qil. Topasan, vassalom. Aks holda fotosuratlar-ni internetga tarqatib yuboraman. Senga oyning oxirigacha muhlat.
Ahmadali shunday deb, dastlabki(aslida uchinchi) o‘lja-ni qo‘lga kiritib, juftakni rostladi. Ayol suvga tushgan mu-shukday shumshayib qoldi. Nima qilsin, o‘zi pishirgan osh. “Eriga xiyonat qilib, jazman ortirganning jazosi shu”, dedi o‘ziga-o‘zi pichirlab.
Shu taxlit Sufiyaxon yana jamg‘armalarini yig‘a bosh-ladi, yetmaganini yaqin dugonasidan olib, ming AQSH dol-larini ikki qo‘llab Ahmadaliga tutqazdi.
– Endi suratlarni o‘chirib tashlarsan, - dedi yalinib.
–Xavotirlanma. Fotosuratlarni o‘chirib, seni qaytib bezovta qilmayman, - dedi Ahmadali.
“Shovvoz” “reja”si imi-jimida bitayotganidan xur-sand edi. U ikki ming AQSH dollarini olti oygacha sarf-lab, tunu-kunini kayf-safo bilan o‘tkazdi. So‘ngra yana Su-fiyaxonga telefon qildi. Bu gal telefonni erkak kishi ko‘-tardi. “Shovvoz” Sufiyaxonni so‘radi. Ammo, raqam egasi bunaqa ayolni tanimasligini aytdi. Shundan keyin Ahma-dali uning ishxonasiga bordi. Tinimsiz tahdidlardan sabr kosasi to‘lgan Sufiyaxon Ahmadalining ustidan huquqni mu-hofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qildi. Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xo-dimlari o‘sha kuniyoq tovlamachini ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishdi...
Oila – muqaddas go‘sha. Vatan ichra – kichik bir vatan. Oilaga – xiyonat bu vatanga xiyonat bilan teng... Jinoyatchi-ku jazosini oldi, ammo, ushbu jinoyatga yo‘l ochib bergan, dun-yoning arzimagan choy-chaqasi, hoyu-havasini deb nomusini sotgan Sufiyaxon o‘zining bu xiyonatini oilasi, qolaversa qarindoshlari, tanish bilishlari oldida qanday oqlaydi. Mayli-da, kimlardir o‘ziga o‘xshagan ojiz va qusurli ban-dalar oldida o‘zlarini balkim bir qadar oqlar ham. Am-mo, haq va botil ajratiladigan kun, butun olamlar sohibi, jazo kunining egasi – Yaratganning nazdida qanday o‘zini oqlaydi?!
Muallif: Vobkent tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi
katta tergovchisi kapitan B.L.Fayzulloyev