Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun IIV huzuridagi Tergov departamentining tegishli ko‘rsatmalariga muvofiq o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Ushbu o‘quvlar davomida “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi, “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Oliy Sud Plenumi qarorlari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tug‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini to‘laqonli taʼminlash haqidagi qo‘shma qarorining mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi.