Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlarga tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish va jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida amaldagi qonunchilik asosida video tasvirga olinishi shart bo‘lgan harakatlar tushuntirildi. Shu bilan birga bu borada amaliyotda uchrayotgan muammolar, xato va kamchiliklar ko‘rsatilib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti