O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Xizr Buva” ziyoratgohi ziyoratchilari orasidan “kissavur” kimligi aniqlandi

Farg‘ona viloyati. Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan “Xizr Buva” ziyoratgohida kissavurlik sodir qilib yurgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 02 aprel kuni soat 11:30 larda nomaʼlum shaxs Rishton tumani Bo‘ston MFY.,da joylashgan “Xizr Buva” ziyoratgohida bo‘la turib, ziyorat uchun kelgan fuqarolar 54 yoshli Mavluda U., ning kiyimi cho‘ntagidan 600.000 so‘m va 41 yoshli Sohibaxon Sh., ning sumkasidan 500.000 so‘m pullarini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

O‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 35 yoshli Marg‘ubaxon E., sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va uning yonidan chiqqan 875.000 so‘m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech