“Lasetti”haydovchisi va uning sherigidan 16 dona gugurt qutisiga qadoqlangan “marixuana” olindi
Samarqand viloyati. Toyloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 28 yoshli Nuriddin J., va 22 yoshli Mahroj R.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 31 mart kuni soat 19:30 larda Toyloq tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbirda, Nuriddin J., va Mahroj R.,lar shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqarolarga 1 000 000 so‘m evaziga 13 dona gugurt qutisiga qadoqlangan vazni 42.63 gramm “marixuana” giyohvand moddasini sotayotgan vaqtlarida ushlanib, Nuriddin J.,ning “Lasetti” rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda o‘rindiq tagidan 3 dona gugurt qutisiga qadoqlangan vazni 9.47 gramm “marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda ushbu giyohvand moddaning kelib chiqish manbai va ayblanuvchilar doirasini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti