O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijondan olib qochilgan avtomashina qo‘shni viloyatdan “ehtiyot qismlarga ajratilgan” holatda topildi

Andijon viloyati. 2021 yilning 04 aprel kuni soat 07:30 da Baliqchi tuman IIBga fuqaro 27 yoshli Sarvarbek R., murojaat qilib, o‘ziga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasini 2021 yil 03 aprel kuni soat 22:30 larda yashash uyi oldida eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirib, yashash xonadoniga kirib ketib, 04 aprel kuni soat 05:50 larda avtomashinasidan xabar olish uchun qaragan vaqtida, avtomashinasi qo‘yilgan joyida yo‘qligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan “GPS” qurilmasi signali avtomashina Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hududida harakatlanayotganligini ko‘rsatib, unga asosan viloyat hududida to‘sib ushlash tadbiri eʼlon qilingan va Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi 29 yoshli Akbar Q.,ning yashash xonadonidan Sarvarbek R.,ga tegishli avtomashinaning davlat raqam belgisi yechilib, ehtiyot qismlarga ajratilgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Akbar Q.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech