1.000 AQSh dollari inson hayotiga zomin bo‘ldi
Andijon. 2020 yilning 20 iyul kuni soat 23:00 da Buloqboshi tumani Uchtepa MFY Bo‘ston ko‘chasida yashovchi 28 yoshli K.A., qo‘shnisi 43 R.S., dan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi qarzini so‘rab kelgan vaqtida o‘zaro janjallashib, janjal davomida K.A., tanishi 21 yoshli N.Q. hamda ukalari 25 yoshli A.A., voyaga yetmagan 17 yoshli O.A., lar birgalikda R.S., ni o‘sha yerdagi yog‘och tayoq bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganlar. Natijada R.S., olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida R.S., ga tan jarohati yetkazilgan bir dona tayoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha K.A., A.A. va N.Q., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda tartibida ushlanganlar. Hozirda voyaga yetmagan 17 yoshli O.A.,ning harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti