Internet pullaridan foyda olaman deb 152 mln. sumga chuv tushdi
Toshkent shahri. 2019 yilning iyun oylarida 46 yoshli Maxmudjon D., Yashnobod tumanida joylashgan “Do‘stlik” metro bekati oldida 35 yoshli Sherzod A.,ga kriptovalyuta aksiyasini sotib olishida yordam berishini, aksiyadan katta foyda ko‘rishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan 152 mln. so‘m miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani buyicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Maxmudjon D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizning xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti