O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Eski qurilishi tugallanmagan inshoot ostida qurol saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Toshkent viloyati. 2021 yil 13 fevral kuni viloyat IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Bo‘stonliq tumani Pskom mahallasida yashovchi 29 yoshli Ochilbek R., ushbu mahallada eski qurilishi tugallanmagan masjid sim qo‘rasi tagiga 1 dona 1 stvolli, 5,6 mm. kalibrli “Belka-3” va 1 dona 2 stvolli, 5,6 mm. “Toz-8” rusumli qurollarni qopga solib noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud ballistik ekspertiza xulosasida ushbu 2 dona qurollarning birinchisi ov miltig‘i va ikkinchisi esa yasama qurol bo‘lib, o‘q otish uchun yaroqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ochilbek R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech