O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Besh yuz ming so‘mlik telefon uchun endilikda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishlari mumkin

Toshkent shahri. 2021 yil 07 fevral kuni soat 21:30 larda nomaʼlum shaxslar Chilonzor tumanida joylashgan “G‘ofur G‘ulom” bog‘ining oldida yo‘lakda ketayotgan 20 yoshli Muhammadi M.,ni pichoq bilan qo‘rqitib, unga tegishli narxi 500 000 so‘mlik “Samsung S5” rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatidan kelib, Sirg‘ali tumanida ijarada turuvchi 23 yoshli Jahongir A., va 26 yoshli Bobomurod D.,lar sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,B” bandlari (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech