19 yoshli haydovchi “Kamaz”da 7 yoshli piyodani urib yubordi
Qashqadaryo. 2020 yilning 05 avgust soat 09-00 larda fuqaro 19 yoshli S.S., boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz” rusumli avtomashinasida Kitob tumani “Qaynar” MFY Qongi qishlog‘i hududining ichki yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan 7 yoshli Sh.A.,(ayol)ni avtomashinasi bilan urib yuborib, yo‘l-transport xodisasi sodir qilgan.
Natijada voyaga yetmagan Sh.A., voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti