O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijonda 1 kg. “gashish” 15.000 AQSH dollariga pullanayotganida ushlandi

Andijon. 2020 yilning 04 avgust kuni soat 12:45 da Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro 31 yoshli I.A., tumandagi Dostonobod MFY hududida 1 dona selofan paketga solib qadoqlangan holdagi sof og‘irligi 937,62 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini 5.000 AQSH dollari va 100.000.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, I.A., dan kimyoviy ishlov berilgan 5000 AQSH dollari va 100.000.000 so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.A., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech