23 kunlik chaqaloq odam savdosi qurboni bo‘ldi
2020 yilning 03 iyun' kuni taxminan soat 15:30 larda, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro 22 yoshli N.Yo., o‘zining 11.05.2020 yilda tug‘ilgan 23-kunlik voyaga yetmagan chaqaloq farzandini qonunga xilof ravishda Navoiy shahrida yashovchi fuqaro N.I.,ga 3.000.000 so‘mga sotishga kelishib, chakalog‘ini sotib, ushbu kelishilgan pullarni Navoiy shahridagi “Navoiy” jo'me masjidi yonida olgan vaqtida, o‘tgazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan N.Yo.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti