O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

4500 AQSH dollariga pullanayotgan opiy muomalasining oldi olindi

 

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 11 mart kuni soat 16:00 larda fuqaro R.Q.ning arizasi yuzasidan HMQO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Uchko‘prik tumani Toshkentlik guzar qishlog‘ida joylashgan choyxonada shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga polimer paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, qora rangli moddani 4.500 AQSH dollar evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida, polimer paketga o‘ralgan qora rangli o‘tkir hidli mumsimon modda “OPIY” giyohvandlik moddasi ekanligi, vazni 124.76 grammni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech