O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

7 yoshli bola jinoyat fosh bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shdi

Andijon viloyati. 2021 yilning 27 fevral kuni soat 19:15 larda nomaʼlum shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasida Oltinko‘l tumani Ko‘makay MFY., hududida yo‘l chetida ketayotgan voyaga yetmagan 1-sinf o‘quvchisi 7 yoshli Asadbek B.,ning oldida to‘xtab, uni qo‘lidagi narxi 450.000 so‘mlik “RedMi-5” rusumli uyali telefon apparatidan bir marotaba qo‘ng‘iroq qilib olish uchun olib hodisa joyidan qochib ketgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, voyaga yetmagan Asadbek B., ushbu “Spark” rusumli avtomashinaning davlat raqamini eslab qolib otasiga maʼlum qilgani natijasida ushbu jinoyatni 23 yoshli Husniddin R., sodir etganligi aniqlanib, o‘z xohishi bilan talonchilik orqali qo‘lga kiritgan uyali telefon apparatni Asadbek B.,ning otasiga olib borib berganligi maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Husniddin R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech