O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qaynotasining uyini nomiga rasmiylashtirmoqchi bo‘ldi-yu, o‘zi firibgarga chuv tushgan kelin

 

Surxondaryo viloyati. 2020 yilning iyun oyida 26 yoshli Aliya R., Jarqo‘rg‘on tumani “Paxtazavod” MFY., da o‘zining mahalladoshi 47 yoshli Nasiba D.,ga notariusda ishlovchi tanishlari borligini, qaynotasining nomida bo‘lgan xonadonini uning nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan uy hujjatlari va 6 485 000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib bergan vaʼdasini bajarmagan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Aliya R., 39 yoshli Barchinoy N.,ning ham ishonchiga kirib, unga bankda ishlovchi tanishlari orqali kredit olib berishni vaʼda qilib, 600 000 so‘m pul mablag‘ini olib ushbu pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Aliya R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda ushbu Aliya R.,dan boshqa jabrlangan shaxslar bor yo‘qligi aniqlanmoqda.  

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech