O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yarashtirishga borgan farzand odam o‘limiga sababchi bo‘ldi

 

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 27 fevral kuni soat 19:30 larda 32 yoshli Ahror U., Marg‘ilon shahri “Ariqbo‘yiMFY.,da yashovchi 52 yoshli G‘ayrat Yu.,ning oldiga kelib, u bilan o‘zaro janjallashib, uni qo‘l va oyoqlari bilan urib tan jarohati yetkazgan. Natijada G‘ayrat Yu., olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, G‘ayrat Yu., tanishi A.O., bilan birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda G‘ayrat Yu.,ning uyiga kelib u yerda janjallashib qolishganliklaridan A.O.,ning o‘g‘li Ahror U. xabar topib otasi bilan yarashtirib qo‘yish maqsadida mast holatdagi G‘ayrat Yu.,ni uyiga kelib uni olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ahror U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech