Ayol mast holida olib qochgan avtomashina aniqlandi
Toshkent shahar. 2023 yil 13 fevral kuni soat 17:00da 36 yoshli Yu.G. (ayol) Mirzo Ulug‘bek tumani Amudaryo ko‘chasi 4-uy oldida 26 yoshli M.S.ga tegishli bo‘lgan kul rang “Nexia-3” rusumli avtomashinasini ochiq holda, qarovsiz va kalitni o‘t oldirgichda qoldirilganidan foydalanib, nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, aniqlanishicha 36 yoshli Yu.G. ushbu kuni shu manzilga o‘zining tanishining uyiga kelib, spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, mast holatda, ko‘chaga chiqib jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan avtomashinani ko‘rib uni o‘zining tanishiga tegishli bo‘lganligini o‘ylab, unga o‘tirib, avvaliga avtomashina ichida bir oz vaqt uxlab so‘ngra o‘zining vaqtincha yashab kelayotgan M.Ulug‘bek tumani A.Yugnakiy ko‘chasi ko‘p qavatli uy oldiga borib, qoldirib ketganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yu.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Ogohlik – davr talabi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti