Haydovchining bir daqiqalik eʼtiborsizligi qimmatga tushdi
Namangan viloyati. 2021 yilning 21 mart kuni tungi soat 00:30 larda nomaʼlum shaxs Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘g‘ay mahallasi hududida 41 yoshli Nosirjon X., dan Namangan shahriga olib borib qo‘yishini so‘rab, Nexia-2” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Namangan shahri 1-Yangiobod ko‘chasiga yetib kelganlarida, haydovchining avtomashinadan tushganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 22 yoshli Murodjon Sh., sodir etib, olib qochilgan avtomashinani Norin tumani hududida boshqarib ketayotib yo‘lning chekka qismida turgan 27 yoshli Azamat M.,ga tegishli “Nexia-2” rusumli avtomashinasiga urib, yo‘l transport hodisasi sodir etib, qochib ketganligi aniqlangan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Murodjon Sh., ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Murodjon Sh.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti