O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yangiobod bozorida ayol kishiga nisbatan bezorilik sodir etildi

Toshkent shahri. 2021 yilning 06 mart kuni soat 10:00 larda  52 yoshli Ibragim v., Yashnobod tumanida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” 3-hududidagi savdo rastalari oldida 36 yoshli Umidaxon A.,ga zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan unga o‘zini kimligini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan bosh qismiga bir marotaba urib yerga yiqitib, tanasining duch kelgan joylariga tepib jarohat yetkazgan. Natijada Umidaxon A., tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida, Umidaxon A.,da o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Ibragim v.,ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, Ibragim v., savdo rastasida savdo qilayotgan vaqtida, Umidaxon A., o‘zini nazoratchi ekanligini, unga kimdan so‘rab savdo qilayotganligini aytib janjal ko‘targanligi sababli urib jarohat yetkazganligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech