O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Sayoq yursang, tayoq yeysan” ....

Toshkent shahri. 2021 yilning 17 mart kuni soat 04:00 dan 05:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yashnobod tumani Oltintepa ko‘chasida 18 yoshli Samandar A., Baxtiyor Yo., Igor L., Farhod Q., Shoxrux S.,lar shahvoniy maqsadlarda ikki nafar nomaʼlum ayollar bilan tanishib, ularga oldindan 600 000 so`m pul va o‘zlariga tegishli bo‘lgan narxi 5.200.000 so‘mlik “iPhone Xs”, 600.000 so‘mlik “RedMi-5”, 4.000.000 so‘mlik “iPhone 8+”, 700.000 so‘mlik “iPhone 6”, 1.500.000 so‘mlik “iPhone 7” rusumli uyali telefon apparatlarini garov evaziga bergan vaqtlarida “Cobalt” rusumli avtomashinaga o‘tirib, hodisa joyidan qochib ketganlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 27 yoshli Yulduz B., 26 yoshli Muhayyo S., va Jamshid A.,lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Yulduz B., Muhayyo S., va Jamshid A.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech