O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qalpoq ichidagi: Reganpen, Lirika va Tropikamid

Andijon viloyati. 2021 yil 16 dekabr kuni Xo‘jaobod tuman IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Xo‘jaobod tumani avtomashina bozori yonidagi avtoturargoh oldida Andijon tumanida yashovchi 29 yoshli M.Z. tadbirda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 600.000 so‘m evaziga 40 dona “Lirika” psixotrop moddasini sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida M.Z. o‘zi kelgan yo‘lovchi avtomashina ichidagi qalpog‘idan 18 dona Tropikamid hamda qora rangli sellofan paketda 37 dona Tropikamid, 12 dona Regapen, 14 dona lirika borligini maʼlum qilib, ixtiyoriy ravishda IIB xodimlariga taqdim qilgan.

Fuqaro M.Z., dan jami bo‘lib, 55 dona tropikamit, 12 dona Regapen, 54 dona Lirika psixotrop moddalar aniqlanib xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan M.Z.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 1-qismi (Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur psixotrop moddalar qay tarzda M.Z.,ning ixtiyoriga tushib qolganligini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech