O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijonda haydovchiga nisbatan talonchilik sodir etgan shaxs “qamoqqa” olindi

Andijon viloyati. 2021 yilning 11 mart kuni soat 17:30 larda 30 yoshli Bobur T., Andijon shahri Boburshoh ko‘chasida joylashgan “Xolis” savdo markazi oldida taksi haydovchisi 28 yoshli Xamzabek Sh.,ni hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, uning qo‘lidagi narxi 900 000 so‘mlik “I Phone” rusumli telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan tortib olib hodisa joyidan qochib ketgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni sodir etgan Bobur T., muqaddam talonchilik jinoyati bilan sudlanganligi, u Xamzabek Sh.,ga turmush o‘rtog‘ini shifoxonaga olib borib kelishini so‘raganida rad javobini olgach, qo‘lidagi telefonini tortib olib ketib qolganligi aniqlanib, undan “I Phone” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Bobur T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech