O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

121 millionga teng temir armaturalar

Samarqand viloyati. Samarqand viloyati hokimiga 43 yoshli fuqaro Z.Maxmur ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning mart oylarida Samarqand tumani “O‘rtashiq” mahallasida joylashgan o‘ziga tegishli  MCHJ omboridan tanishi 23 yoshli I.Sherzod va X.Murodillolar 10 kun davomida pullarini berish sharti bilan 1 tonnasi 6.400.000 so‘mdan bo‘lgan jami 121.600.000 so‘mga teng 19 tonna temir armaturalarini olib ketib, shu kunga qadar turli bahonalarni vaj qilib pullarini bermasdan kelayotganliklarini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari, taraflarning vajlari o‘rganilib huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech