Arzon “Malibu 2” olmoqchi edi..., firibgar uchradi...
Toshkent shahar. 2023 yil 8 fevral kuni 54 yoshli Sh.F. aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, Olmazor tumanida joylashgan 58 yoshli T.P.ning uyida uning ishonchiga “Malibu 2” rusumli mashinasini olib berishini vaʼda berishi uchun 30.000 AQSH dollari evazi olib berishni vaʼda qilgan holda kirib, bergan vaʼdasini bajarmasdan olgan pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kelgusida firibgarlarga aldanib qolishingizni oldini olish maqsadida, Sizdan yangi avtomashina xarid qilayotganingizda pullarni avtosalon bilan hamkorlikda xizmat ko‘rsatuvchi bank kassasiga to‘lov qilishingiz so‘raladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti