O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bag‘dodning sohta “g‘aznaxonasi” fosh etildi

Farg‘ona viloyati. Bag‘dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 36 yoshli Murod M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (Qalbaki pullar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

Bag‘dod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan 2021 yil 01 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor-tadbirda Murod M., shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 2 700 000 so‘m evaziga 99 dona 100.000 so‘mlik kupyuradan iborat jami 9 900 000 so‘m qiymatiga teng soxta pullarni sotgan vaqtida ushlangan.

Tergov harakatlari davomida, Murod M.,ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, soxta pullarni tayyorlashda foydalanilgan bir dona “Lenovo” rusumli noutbuk va “NR” rusumli rangli printer hamda 5 000 so‘mlik kupyuradagi 200 dona jami 1 000 000 so‘m soxta pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech