O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

400 AQSH dollarga baholangan qizning shaʼnini...

Samarqand viloyati. 2021 yilning 02 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB ga fuqaro 21 yoshli Sitora A., ariza bilan murojaat qilib, unda obro‘li institutlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi 27 yoshli Voxid F., unga tegishli sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga tarqatib yubormasligi evaziga undan 400 AQSH dollari pullarni talab qilayotganligini bildirgan. Fuqaro Sitora A.,ning ushbu arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, shu kuni soat 13:00 da Voxid F., Samarqand shahri Qo‘shhovuz mahallasi hududida Sitora A.,dan 400 AQSH dollari pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Voxid F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech