Bayramni spirtli ichimlik bilan nishonlash fojiya bilan yakunlandi
Toshkent shahar. 2023 yilning 07 yanvar kuni soat 11:00 larda Shayxontohur tumani Tinchlik mahallasi G.Uzoqov ko‘chasida yashovchi 38 yoshli S.R. va tanishi 38 yoshli K.A.lar birgalikda “Rojdestvo” bayramini nishonlash maqsadida spirtli ichimliklar sotib olishib, S.R.ning xonadonida sotib olingan spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida xonadon egasi S.R. tanishining boshiga qo‘lida bo‘lgan shisha idish bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Natijada K.A. tez-tibbiy yordam kelguniga qadar “bosh chap tomon chakka sohasi tan jarohati” bilan hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.R. gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, shu kuni gumon qilinuvchining uyiga mehmonga kelgan tanishi, uning turmush o‘rtog‘i to‘g‘risida aytgan gaplaridan jahli chiqib, o‘zining qo‘lida bo‘lgan shisha idish bilan K.A.ning bosh chakka qismiga urganligi aniqlangan.
Tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Muallif: Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi TB
katta tergovchisi podpolkovnik D.Abduraxmanova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti