O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda ayol mast holda tanishiga pichoq bilan og‘ir jarohat yetkazdi

Buxoro viloyati. 2023 yil 02 yanvar tungi soat 00:52 larda 40 yoshli N.E. (erkak) Kogon shahar Madaniyat ko‘chasida istiqomat qiluvchi tanishi 35 yoshli R.N.ning (ayol) uyiga kelib, u bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib qolishib, ayol jahl ustida qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan N.E.ni qorin sohasiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Natijada N.E. olgan tan jarohatlari bilan Kogon shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, shu kuni jabrlanuvchi mast holatda gumonlanuvchi R.N.ning yashash xonadoniga o‘zi bilan olib kelgan aroqni isteʼmol qilishib, jabrlanuvchi fuqaro R.N.ga shilqimlik qilganligi bois, o‘zaro janjallashib qolishib, bir-birini haqorat qilishganligi, shu payt qo‘shni xonada bo‘lgan R.N.ning sharʼiy turmush o‘rtog‘i M.S. mazkur holatni eshitib, xotinini himoya qilish maqsadida janjalga aralashganligi, R.N. esa jahl ustida qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan tanishi N.E.ning qorin sohasiga bir marotaba urib, jarohat yetkazganligi aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida barcha ishtirokchilarning xati-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech