O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bank xodimasidan 6,5 mln. so‘mlik buyumlarni qo‘lga kiritgan bosqinchilar shunga ham qanoat qilmay, uning 130 ming so‘m pulini ham “tunashdi”

Toshkent. 2020 yilning 24 noyabr kuni soat 17:30 da, ikki nafar nomaʼlum shaxslar, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumani Qo‘yliq 2-dahasi 24-uy yaqinida turgan “Nexia-3” rusumli avtoulovga o‘tirib, avtoulov egasi “Ipoteka bank” Sergeli filiali hisobchisi 39 yoshli Ozoda X.,ga pichoq bilan hujum qilib Ozoda X.,ga tegishli narxi 1.500.000 so‘mlik “Redmi-note 5” rusumli uyali telefon apparati, narxi 5 mln. so‘mlik bir juft ziragi hamda 130 ming so‘m naqd pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Oqibatda, Ozoda X., “o‘ng oyoq son o‘rta uchligi oldingi yuzasi sanchilib kesilgan jarohati” tashxisi bilan shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,B” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 32 yoshli Azizbek N. va 26 yoshli Azamatjon M., lar sodir etganliklari aniqlanib, tergov jarayonida Azizbek N., va Azamatjon M.,lar ushbu tilla zirakni jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritganliklarini yashirgan holda, “Qo‘yliq” dehqon bozori yaqinida fuqaro 47 yoshli Botir I.,ga 700 ming so‘m evaziga sotganliklari aniqlanib, Botir I.,dan ushbu zirak tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki tergov jarayonida, 32 yoshli Azizbek N., 26 yoshli Azamatjon M.,lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech