O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir sayr qilib kelmoqchi bo‘lgan yigitchalar

Toshkent shahri. 2022 yilning 07 fevral kuni soat 06:43da Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, nomaʼlum shaxs Bektemir tumani Suvsoz dahasi “Rohat” MFY 47-uy oldidagi avtoturargohda 65 yoshli T.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia-1” rusumli avtomashinasini qarovsiz, eshiklari qulflanmagan va kaliti o‘t oldirgichda qoldirganligidan foydalanib, avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochib, hodisa joyidan yashiringanligi maʼlum bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 12 yoshli Sh.R. va 16 yoshli F.D.,lar sodir etganliklari aniqlanib, olib qochilgan avtomashina Bektemir tumani Ohangaron shox ko‘chasi Chirchiq daryosi ustidagi avtomashinalar o‘tish uchun mo‘ljallangan ko‘prik ustida turganligi aniqlangan.

Holatga oydinlik kiritilganda, ko‘prik ustida avtomashinaning yoqilg‘isi tugab qolganligi, ushbu holatni sezgan shovvozlar avtomashinani tashlab yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, mazkur hududda xizmat vazifasini bajarib kelayotgan Patrul post xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech