O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toʼrt nafar oʼsmirlar voega yetmagan shaxsga nisbatan bosqinchilik sodir etishdi

Аndijon. 2020 yilning 03 iyulь kuni soat 14:00 da 19 yoshli M.А., А.S. 21 yoshli b.O., 20 yoshli S.P., lar bir guruh boʼlib, Аsaka tumani Ulugʼbek MFY hududida ketayotgan voyaga yetmagan 17 yoshli T.M., ni toʼxtatib, uni «Nexia» rusumli avtomashinaga oʼtkazib, hech kim yuq joyga olib borib, pichoq va tayoq bilan qoʼrqitib, unga tegishli boʼlgan 430.000. soʼm pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Аsaka tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, M.А., А.S., B.O., S.P., lar protsessual tartibda ushlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Dastlabki tergov jarayonida S.P., dan bir dona pichoq va bir dona yogʼochdan ishlangan tayoq protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Jinoyat ishi boʼyicha M.А., B.O. va S.P., larga Oʼzbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi «a,b» bandlariga (qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʼlgan boshqa narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinchilik), А.S., ga nisbatan esa 164-moddasi 3-qimsi «a» bandiga (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bosqinchilik) ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech