Qamchiqda YTH, 2 nafar odam vafot etdi
Namangan. 2020 yil 08 iyul kuni soat 07:30 da Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lning 223 kilometrida 28 yoshli J.J. boshqaruvida bo‘lgan sement yuklangan “ISUZU” rusumli avtomashinasini “Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, jarlikka ag‘darilib ketganligi oqibatida, avtomashina haydovchisi J.J. va yo‘lovchisi 23 yoshli Sh.J., lar tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar transport vositasini boshqarayotganda hushyor va sergak bo‘lishingizni hamda amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari” ga qatʼiy rioya qilishingizni so‘raymiz, agarda sizda charchoq alomatlari bo‘lsa, ushbu holatda transport vositasini boshqarmasligingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti