O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xonadon tozaligi 10 000 000 so‘mga tushdi

Farg‘ona viloyati. Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB ga 39 yoshli X.Erkinoy ariza bilan murojaat qilib unda, 2021 yilning 21 aprel kuni soat 13:30 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Farg‘ona shahar Tinchlik ko‘chasida joylashgan xonadoni eshigini kalit tanlash yo‘li ochib kirib, ushbu xonadon yotoqxonasidagi ko‘rpacha taxlamlari orasida turgan 10 000 000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligi haqida maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 23 yoshli Q.Arofat sodir etganligi, u ushbu xonadonda farrosh bo‘lib ishlab, ish vaqtida o‘g‘irlik sodir qilganligi aniqlanib, undan X.Erkinoyga tegishli bir dona kumush uzuk, bir dona zanjir, ikki dona tillo uzuk va bir juft tillo baldoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.Arofatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech