Hisobni to‘lamaslik ortidan jinoyat kelib chiqdi
Toshkent shahri. 2021 yilning 21 aprel kuni soat 18:30 larda 35 yoshli D.Vosiqjon amakivachchasi 46 yoshli D.Baxtiyorlar Olmazor tumani Qora-Qamish ¼ dahasida joylashgan kafeda mast holatda hisobni to‘lamasliklarini aytib, kafe ishchilarini haqorat qilib, oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, kafe ishchisi 45 yoshli L.Adhamni uni urib do‘pposlaganlar.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.Vosiqjon va D.Baxtiyorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilib, uning yakuniga ko‘ra huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti