“Svetlana”ni 1 000 000 so‘mga baholagan “Yulduz” ushlandi
Xorazm viloyati. 2021 yilning 12 aprel kuni soat 19:00 larda Yangibozor tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 36 yoshli D.Yulduz Yangibozor tumani Yuqoribashqir mahallasida joylashgan xonadonida 33 yoshli X.Svetlanani shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqarolarga bir kechaga 1 000 000 so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlanib, undan kimyoviy ishlov berilgan 1 000 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan D.Yulduzga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti