O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mezbon mehmonning avtomashinasini olib qochdi

Аndijon viloyati. 2021 yilning 21 aprelь kuni 19 yoshli T.Omadjon Paxtaobod tumani Shomat mahallasida joylashgan yashash xonadoniga otasi Yu.Ikromning oldiga kelgan mehmon 47 yoshli А.Shukurjon uxlab qolganligidan foydalanib, unga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashinasining kalitini choʼntagidan yashirin ravishda olib, avtomashinani olib qochgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu avtomashina Toshkent shahar Sergeli tumani hududida qarovsiz holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan T.Omadjonga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Tergov harakatlari davomida, T.Omadjon fuqaro А.Shukurjonga avtomashinasini boshqarib aylanib kelishga ruxsat berishini soʼraganligini, lekin unga rad javobini bergach, avtomashinani olib qochganligi aniqlangan. 

Hozirda tergov davom etmoqda.  

  

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech