O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tikuv mashinalari uchun olingan imtiyozli kredit...

Buxoro viloyati. 2020 yilning may oyida Romitan tumanida joylashgan MChJ rahbari 25 yoshli Q.Yulduz oʼzganing mulkini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida fuqarolar H.Mavluda, R.Qunduz, N.Dilyayralarga tikuv mashinasi va gazlama olib berishni vaʼda qilib, ularning nomiga olingan jami 120 000 000 soʼm kredit mablagʼlarini oʼziga tegishli MChJ hisob raqamiga koʼchirtirib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni oʼzining shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Romitan tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Q.Yulduzga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga koʼra, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech