“Tiko” olib qochgan shaxs ushlandi
Xorazm viloyati. 2021 yilning 23 aprel kuni soat 00:05 da Urganch tumani IIBga fuqaro 37 yoshli P.Oybek “Tiko” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochganligi haqida xabar bergan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va viloyat miqyosida eʼlon qilingan to‘sib ushlash tadbiri davomida, ushbu avtomashinani muqaddam 3 marotaba sudlangan 63 yoshli O.Allabergan mast holatda olib qochganligi aniqlanib, avtomashinani boshqarib ketayotganida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti