O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Choyxonada “GASHISH” moddasini sotmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari qo‘lga olindi

Andijon viloyati. 2021 yilning 05 mart kuni soat 18:00 larda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, 36 yoshli Elyorbek M.,  Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi 48 yoshli Umar R., bilan Asaka tumani “KujganMFY., hududida shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 18 000 AQSH dollar evaziga 1.830 gramm “GASHISH” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtlarida ushlanib, ularni Oltinko‘l tumani “JalabekMFY., hududida joylashgan choyxonada 52 yoshli Xasanboy Ya., Rossiya Federatsiyasi fuqarosi 36 yoshli Muhiddin M.,lar kutib o‘tirganliklari aniqlanib, ularning yoni ko‘zdan kechirilganda, jami 0.78 gramm “GASHISH” giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Umar R., Elyorbek R., Muhiddin M., va Xasanboy Ya.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Gihyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda. 

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech