O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Dahanaki jang” og‘ir oqibatga olib keldi

Namangan viloyati. 2021 yilning 03 may kuni soat 16:00larda 32 yoshli M.Qobil Davlatobod tumani Navbahor mahallasida yashovchi tanishi T.Shuhratning uyiga kelgan vaqtida, u yerda bo‘lgan 31 yoshli N.Islom bilan og‘zaki tortishib qolib, janjal vaqtida uning qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib jarohat yetkazgan. Natijada N.Islom “gemoperitoneum post gemorragik shok-1-2 darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.Qobilga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech